“Mustaqillik darslari” bo‘lib o‘tmoqda
2022-yilning 05-sentabr sanasidan boshlab yangi-2022/2023-o‘quv yiliga start berildi. An’anaga muvofiq, mazkur o‘quv yilida ham Guliston davlat universitetining tegishli fakultetlarida kurslar kesimida “Mustaqillik darslari” olib borilmoqda. Bu yil universitetning bakalaivriatura ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha 1-bosqichga qabul qilingan talaba-yoshlarga universitet rektori professor M.Xodjiyev “Mustaqillik darsi”ni o‘tib berdi.
Mazkur dars davomida mustaqillik yillarida oliy ta’lim tizimining rivojlanish bosqichlari, Yangi O‘zbekiston sharoitida esa oliy ta’lim tizimiga xalqaro ta’lim tizimlari va platformalarining jalb qilinishi haqida batafsil ma’lumot berildi.
Shuningdek, “Mustaqillik darsi”da universitet professori R.Mahmudov, Korrupsiyaga qarshi kurashish komplaens nazorat bo‘limi boshlig‘i B.Hamzayev, Matbuot kotibi B.Samadovlar ma’ruza qilishdi.
Mustaqillik darslari davom etmoqda.
Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring
