Guliston davlat universiteti va Elabuga instituti (Rossiya) o‘rtasida hamkorlik aloqalari o‘rnatildi
Avval xabar berganimizdek, Guliston davlat universitetining Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Z.Zikriyayev boshchiligidagi delegatsiya Rossiya Federatsiyasining Qozon shahrida xizmat safarida bo‘lib turibdi.
23-sentabr kuni vakillarimiz Elabuga instituti va GulDU o'rtasida xamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yishga qaratilgan uchrashuvda ishtirok etishdi. Kelishuvga ko‘ra, endilikda joriy o‘quv yilidan boshlab Bakalavriat ta'lim yo‘nalishlari bo‘yicha, kelgusi o'quv yilidan boshlab esa Magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha qo'shma ta'lim dasturlari yo'lga qo'yiladi.
Bundan tashqari, 2022-yilning noyabr-dekabr oylarida Elabuga institutining 4 nafar professori Guliston davlat universitetida talaba-yoshlarga dars berishlari, shuningdek GulDU va Elabuga instituti professor-o‘qituvchilari hamkorligida ilmiy nashrlarda maqolalar, darslik va o‘quv qo‘llanmalarini chop etishlari yo'lga qo'yiladi.
Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring
