Guliston davlat universiteti xalqaro tadbirga mezbonlik qiladi!
Universitetimiz
2026-yil 4-may kuni Erasmus+ Programme doirasida o‘tkaziladigan Erasmus+ Week
tadbirini O‘zbekistonda mezbon sifatida o‘tkazish uchun rasman tanlab olindi.
Ushbu nufuzli tadbir davomida siz quyidagi imkoniyatlarga ega bo‘lasiz:
Erasmus+ dasturlari haqida to‘liq va bevosita ma’lumot olish
Xalqaro
grantlar, almashinuv dasturlari va loyihalarda ishtirok etish imkoniyatlarini
o‘rganish
Xorijiy
hamkorlar va loyiha koordinatorlari bilan tanishish
Akademik va
ilmiy aloqalarni kengaytirish
Tadbirda Erasmus+ HEREs jamoasi, xalqaro loyiha mutaxassislari hamda ekspertlar ishtirok etadi.
Tadbir sanasi: 4-may, 2026-yil
Manzil:
Guliston davlat universiteti
Barcha talabalar, professor-o‘qituvchilar va xalqaro hamkorlikka qiziquvchilarni ushbu muhim tadbirda faol ishtirok etishga taklif qilamiz!
Tadbir OAV, ijtimoiy tarmoqlar va Erasmus+ platformalari orqali keng yoritiladi.
Siz ham xalqaro imkoniyatlar sari ilk qadamingizni biz bilan boshlang!

Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring

.gif)


O'zbekcha
Русский
English
中文



