Talaba-yoshlar bilan huquqiy profilaktika tadbiri o‘tkazildi

2023-yil 27-fevral sanasida Guliston davlat universiteti talaba-yoshlari bilan jinoyatchilik va huquq buzarliklarning oldini olishga qaratilgan profilaktika tadbiri o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Ichli ishlar vazirligi Tergov departamenti bo'lim boshlig‘i Rustam Bozorov, universitetning yoshlar bilan ishlash va ma’naviy-ma’rifiy masalalar bo‘yicha 1-prorektori Faxriddin Niyazov, rektor maslahatchisi Oybek Inamov, profilaktika inspektori kapitan Ahmadjon Usmonovlar talaba-yoshlarga jamoat tartibini saqlash, yot g‘oyalar ta’siriga tushib qolmaslik, korrupsiyaga qarshi kurashish, giyohvand va psixotrop moddalarning zararli oqibatlari to‘g‘risida ma’ruza qilishdi.

Tadbirda Rustam Bozorov tomonidan universitetda amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganilib, profilaktika inspektori Ahmadjon Usmonovning sohada amalaga oshirayotgan ishlari yuzasidan hisoboti tinglandi. Tadbir yakunida talaba-yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.

🔹https://t.me/gulduuz

Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring
Eleanor Fant
Headmaster
Fig Nelson
Language Teacher
Hanson Deck
Special Education Teacher

Studentmisiz?