14465
Jami talabalar soni
6932
Kunduzgi ta'lim
7202
Sirtqi ta'lim
20
Kechki ta'lim
285
Magistr
26
Xorijiy talabalar
Avval xabar berganimizdek, 25-may sanasida Guliston davlat universitetida Turkiyaning Istanbul tijorat universiteti va Balikesir univrsitetlari, shuningdek Qozon federal universitetlari bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Sifatli ta’lim va interdissiplinar yondashuv: muammolar, yechimlar va hamkorlik” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o‘z ishini boshladi. 25-26-may kunlari bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan mazkur xalqaro konferensiyaning ochilish marosimiga bag‘ishlangan yalpi majlis Guliston davlat universiteti Madaniyat saroyida bo‘lib o‘tdi. Unda Sirdaryo viloyati hokimi A.Maxmudaliyev ishtirok etdi.
Viloyat hokimi o‘z nutqida Yangi O‘zbekiston sharoitida Sirdaryo viloyati ilmiy va innovatsion makonga aylanib borayotganligini, Turkiya va Rossiyalik hamkorlar bilan ilmiy va innovatsion sohada faoliyatni yangi bosqichga olib chiqish, o‘zaro ma’lumot almashish va kvalifikatsiyani rivojlantirish borasidagi takliflarni doimo qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qildi.
Shuningdek, konferensiyaning ochilish marosimida so‘zga chiqgan Guliston davlat univeristeti rektori M.XODJIYEV, Istanbul Ticaret universiteti rektori Ö.TORLAK, Balakesir universiteti rektori Yü.OĞURLU, Elabuga instituti fakultet dekani A.N.PANFILOV, Istanbul Ticaret universiteti prorektori Ö.ÇAHA, Kazan federal universiteti prorektori T.ALISHEV, GulDU Tarix kafedrasi professori M.ISXOQOVlar o‘z chiqishlarida mazkur xalqaro anjumanning ahamiyatini, ilm va innovatsiya o‘zaro bir-birini to‘ldirib boruvchi omil ekanligini, Guliston davlat universiteti o‘quv jarayonlariga xorijlik hamkorlar tajribalarini jalb qilish masalalari to‘g‘risida fikr bildirishdi.
Anjuman sho‘balar kesimida 26-may sanasiga qadar o‘z ishini davom ettiradi.
Oliy ta'lim muassasalarining magistratura bosqichiga kirish uchun onlayn ariza topshirish tizimi
KirishTalabalarga shartnoma asosida ko?rsatiladigan xizmatlar hisobini yuritish axborot tizimi
KirishOliy ta?limdan keyingi ta?limni muvofiqlashtirishning yagona elektron tizimi
KirishIkkinchi mutaxassislikka shartnoma olish
KirishTalabalar turar joyiga joylashish uchun ariza yuborish (1-kurs talabalari uchun)
KirishInteraktiv xizmatlar ro'yxati
KirishIT Park O'zbekiston IT sohasining lokomativi
KirishMurojaat yuborish
KirishKelajak kasblarini egallang!
KirishOliy ta'lim muassasalari bakalavriat ta'lim yo'nalishlarga kirish uchun berilgan imtiyozlar ro'yxati
KirishBakalavriat ta'lim yo'nalishlariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi
Kirish