Sirdayo viloyati talaba-yoshlari forumiga start berildi
Bugun 15-sentabr sanasida Guliston davlat universitetida Sirdaryo viloyatidagi oliy ta'lim muassasalari talabalari ishtirokida Sirdaryo viloyati talaba-yoshlari forumi boshlandi.
Forumning ochilish marosimida universitetning yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlari bo‘yicha 1-prorektori F.Niyazov mazkur forumdan ko‘zlangan maqsadlar, forum reglamenti borasida fikr bildirib, forum ishtirokchilariga omad tiladi.
Forum doirasida talaba-yoshlar: shaxmat, zakovat, munozara, mushoira, osh chempionati, futbol, voleybol, stol tennisi va san'at yo‘nalishi bo‘yicha bellashmoqdalar.
Forum yakuni bo‘yicha "Yoshlar oqshomi" o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

.jpg)
.jpg)
.jpg)
.jpg)
.jpg)

.jpg)


Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring

.gif)


O'zbekcha
Русский
English
中文



