Innoweek.uz-2023: Xalqaro hamkorlik rivojlanmoqda
“InnoWeek.uz-2023” innovatsion gʻoyalar haftaligi doirasidagi tadbirlar rejasiga muvofiq Guliston davlat universitetiga Turkiya davlatidan xalqaro QS reytingida 397-o‘rinni egallab turgan Balikesir Universiteti prorektori, professor Fatih Satil tashrif buyurdi.
Mehmonni Guliston davlat universiteti rektori M.Xodjiyev va Xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i G.Norimovalar kutib olishdi. Muzokaralarda o‘zaro memorandum asosida ilmiy hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilinib, bunda professor-o‘qituvchilarning ilmiy tadqiqot ishlari doirasida malaka oshirish masalalariga e’tibor qaratildi.
Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring
