Rektor va talaba-yoshlar uchrashuvlari davom etmoqda

Avval xabar berganimizdek, Guliston davlat universiteti rektori M.Xodjiyevning fakultetlar va ta’lim yo‘nalishlari kesimida talabalar bilan ochiq muloqot shaklidagi uchrashuvlariga 24.10.2023-yil sanasida start berilgan edi.

26.10.2023-yil sanasida navbatdagi ochiq muloqot uchrashuvi Axborot-texnologiyalari va fizika-matematika fakulteti talaba-yoshlari bilan tashkil etildi.

Universitet rektori talabalar bilan birma-bir suhbatlashib, ularning fikrl va takliflarini o‘rganib chiqdi. Ular bilan odob-axloq, ichki tartib qoidalar borasida suhbatlashdi. Universitet rektori muloqot vaqtida Informatika yo‘nalishining 1-bosqich talabalari uchun veb dasturlash tillari C++, Php, HTML, shuningdek vebdizaynerlik sohasini o‘rgatishga ixtisoslashgan “Dasturchi”, Fizika yo‘nalishi talablari uchun qayta tiklanuvchi va muqobil energiya manbalari bo‘yicha faoliyat yurituvchi “Eco energiya”, Matematika talaba-yoshlariga mo‘ljallangan “Algoritm” to‘garagini tashkil etish borasidagi taklifini talaba-yoshlar mamnuniyat bilan qo‘llab-quvvatlashdi.

Bugungi ochiq muloqotda prorektorlar, bo‘lim boshliqlari, kafedra mudirlari, rektor maslahatchisi, dekan o‘rinbosarlari va tyutorlar, profilaktika inspektorlari, psixologdan iborat jamoa  ham talabalar bilan bevosita muloqot olib borishdi.

Universitet rektorining talaba-yoshlar bilan ochiq muloqot uchrashuvlari davom etmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring
Eleanor Fant
Headmaster
Fig Nelson
Language Teacher
Hanson Deck
Special Education Teacher

Studentmisiz?