“O‘zbekiston–2030” strategiyasida belgilangan maqsadli ko‘rsatkichlarga erishish chora-tadbirlari muhokama qilindi
30.10.2023-yil sanasida Guliston davlat universiteti Kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda universitet rektori, Kengash raisi M.Xodjiyev “O‘zbekiston–2030” strategiyasida oliy va professional ta’lim, fan va innovatsiyalar sohasi bo‘yicha belgilangan vazifalar yuzasidan taqdimot qildi. Kun tartibiga muvofiq M.Xodjiyev o‘z chiqishida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentabrdagi “O‘zbekiston–2030” strategiyasini 2023-yilda sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–300-son qarori maqsadi va uning mazmun-mohiyati haqida ma’ruza qildi.
Kengashda prorektorlar, bo‘lim boshliqlari, fakultet dekanlari va kafedra mudirlari, shuningdek universitet huzuridagi akademik litsey ijrochi direktori hamda texnikumlar direktorlari ishtirok etishdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring
