“Yangi O‘zbekiston bunyodkorlarini shakllantirishda To‘ra Sulaymon ma’naviy merosining ta’siri” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjumani o‘z ishini boshladi
2024-yil 23-may kuni Guliston davlat universiteti Madaniyat saroyida “Yangi O‘zbekiston bunyodkorlarini shakllantirishda To‘ra Sulaymon ma’naviy merosining ta’siri” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjumanining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirni universitet rektori, professor Xodjiyev Muxsin Tadjiyevich kirish so‘zi bilan ochib berdi.
Tadbirda Sirdaryo viloyati hokimi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosi Maxmudaliyev Akmaljon Azimjonovich, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi mas’ul xodimi Qodirova Fazilat Shukurovna, Turkiya Respublikasi Balikesir universiteti rektori Yucel Ogurlu, Siyosiy fanlar doktori, professor Narzulla Jo‘rayev, Filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori Azizbek Turdiyevlar so‘zga chiqishdi.
So‘zga chiqganlar Toʻra Sulaymon ijodini oʻrganish, uni targʻib qilish, farzandlarimizni tarbiyalashda shoirning ilmiy merosidan foydalanish nihoyatda muhim ahamiyat kasb etishini, atoqli shoir Toʻra Sulaymon ijodiyotini oʻrganish, uning sheʼrlari zamirida yotgan milliy ruhiyat ifodasini anglash, satrlari mazmuniga singib ketgan xalqchil ohanglardagi gʻoyaviy maqsadlarni tadqiq qilish dolzarb masalalardan sanalishi haqida firk bildirishdi.
Ilmiy-amaliy anjuman sho'balar kesimida o'z ishini davom ettirmoqda.
Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring
