Qabul 2024: Kasbiy (ijodiy) imtihonlar davom etmoqda
Avval xabar berganimizdek, (https://t.me/gulduuz/15215) 05.07.2024-yil sanasida Guliston davlat universitetida abituriyentlardan alohida iqtidor talab etiladigan bakalavriat yo‘nalishlarida kasbiy (ijodiy) imtihonlarga start berildi. Bugun 06.07.2024-yil sanasida kasbiy (ijodiy) imtihonlar davom etmoqda.
Kasbiy (ijodiy) imtihonlarni yuqori saviyada o‘tkazish uchun universitetda imtihonlarni jonli efrida kuzatib borish imkoniyati yaratilgan “Ota-onalar kutish joyi” tashkil qilinib, Tibbiy xizmat, yosh bolali abituriyentlar uchun malakali pediator xizmati hamda tartibni saqlash uchun Milliy gvardiya zobitlari jalb qilingan.
Guliston davlat universitetida abituriyentlardan alohida iqtidor talab etiladigan bakalavriat yo‘nalishlarida kasbiy (ijodiy) imtihonlar 08.07.2024-yilga (https://t.me/gulduuz/15187) qadar o‘tkazilishi belgilangan.
Eslatib o‘tamiz, Guliston davlat universitetida o‘tkazilayotgan kasbiy (ijodiy) imtihonlarni quyidagi manzil orqali jonli efirda kuzatishingiz mumkin 👇
🎥 https://guldu.uz/uz/abituriyentlarga/qabul-2024-video/
Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring
