Umumta’lim maktablarida yangi o‘quv yili boshlandi!
4-sentabr sanasida yurtimizdagi barcha umumta’lim maktablarida yangi-2024/2025 o’quv yili boshlandi. Guliston shahrida joylashgan 16-umumiy o‘rta ta’lim maktabida ham yangi o‘quv yilining rasmiy ochilishiga bag’ishlab “Bir boʻlsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!” shiori ostida “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbiri hamda “Mustaqillik darslari” tashkil etildi. Tadbirda 1-sinf o‘quvchilariga “Prezident sovg’asi” tarqatilib, 1-qo‘ng‘iroq ovozi yangradi.
Unda Guliston davlat universiteti rektori M.Xodjiyev ishtirok etib, bayram nutqini so‘zladi hamda o‘quvchilarga “Mustaqillik darsi” doirasida jonajon diyorimizning 33 yillik davrida erishilgan yutuqlar, Uchinchi Renessansni bunyod etish yo‘lida ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar to‘g‘risida ma’lumotlar berdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring
