Guliston davlat universitetida yangi o‘quv yili boshlandi
2024-yilning 9-sentabr kuni Guliston davlat universitetida Yangi 2024/2025-o‘quv yilining ochilish marosimiga bag‘ishlangan “Bir bo'lsak-yagona xalqmiz, birlashsak-Vatanmiz!” shiori ostida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbirni universitet rektori, texnika fanlari doktori, professor M.T.Xodjiyev ochib berdi va tabrik nutqini so‘zladi. Universitet rektori tabrik so‘zida barcha rprofessor-o‘qitvuchilarni, talaba-yoshlar va ota-onalarni jonajon O‘zbekistonimiz Mustaqilligining 33 yilligi bilan tabriklab, 2024/2025-o‘quv yilida universitet jamoasining maqsad va vazifalari haqida qisqacha fikr bildiri.
Tadbir davomida akademik S.Gulyamov, shoir Akmal Nur, universitet prorektorlari va jamoatchilik vakillari ham tabrik so‘zlari bilan ma’ruza qilishdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring
