Guliston davlat universitetining Turkiyaning Balikesir universiteti bilan hamkorlik aloqalari yangi bosqichda rivojlanmoqda

Avval xabar berganimizdek, Turkiyada tashkil etilgan Oʻzbekiston-Turkiya 3 taʼlim forumida ishtirok etgan Guliston davlat universiteti rektori M.Xodjiyev forum doirasida Balikesir universitetiga tashrif buyurib, oʻzaro hamkorlik aloqalarini yangi bosqichga koʻtarish yuzasidan bir qator kelishuvlarga erishgan edi.

Oʻzaro hamkorlik aloqalari negizida universitetimizga mazkur universitetining Prof. Dr. Sibel Ergün, Prof. Dr. Ruhan Benlikaya, Prof. Dr. Selvihan Kılıç Ateş Güzel, Prof. Dr. Türkan GÖKSAL ÖZBALTAdan iborat delegatsiyasi tashrif buyurdi. Hamkorlarni universitet rektori M.Xodjiyev kutib oldi va muloqot oʻtkazdi.

Muloqot jarayonida ikki hamkor oliy taʼlim muassasalari oʻrtasidagi oʻzaro manfaatli aloqalarning rivojlanish koʻrsatgichlari, mavjud imkoniyatlardan unumli foydalangan holda istiqbolli rejalar yuzasidan fikr almashindi.

Tashrif davomida turkiyalik professorlar tomonidan Guliston davlat universitetida oʻquv mashgʻulotlarini olib borishlari koʻzda tutilgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring
Eleanor Fant
Headmaster
Fig Nelson
Language Teacher
Hanson Deck
Special Education Teacher

Studentmisiz?