Guliston davlat universiteti rektori M.Xodjiyev Turkiyaning Balikesir universiteti professorlari bilan muloqot oʻtkazdi
Avval xabar berganimizdek, Guliston davlat universitetiga xalqaro hamkor universitet Turkiyaning Balikesir universitetidan Prof. Dr. Sibel Ergün, Prof. Dr. Ruhan Benlikaya, Prof. Dr. Selvihan Kılıç Ateş Güzel, Prof. Dr. Türkan GÖKSAL ÖZBALTAdan iborat delegatsiyasi tashrif buyurib, tashrif kun tartibiga muvofiq tibbiyot, kimyo, tasviriy sanʼat hamda dizayn taʼlim yoʻnalishi talabalariga oʻquv mashgʻulotlarini oʻtkazishdi.
Bugun universitet rektori M.Xodjiyev xorijiy hamkorlar bilan tashrif yakunlari boʻyicha muloqot oʻtkazdi. Unda yangi bosqichda rivojlanib borayotgan hamkorlik aloqalari negizida birgalikda ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish istiqbollari, tajriba orttirish maqsadida ikki tomon mutaxassislarining tashriflarini har chorakda tashkil etish masalalari yuzasidan fikr almashildi. Kelgusidagi rejalar bo‘yicha takliflar olindi.
Guliston davlat universiteti rektori M.Xodjiyev Turkiyaning Balikesir universiteti professorlarining faoliyatiga yuqori baho berib, mazkur tashrif kelgusidagi oʻzaro manfaatli hamkorlik aloqalari uchun mustahkam poydevor boʻlib xizmat qilishini taʼkidladi. Mehmonlarga esdlaik sovg‘alari topshirildi.
Oʻz navbatida, Prof. Dr. Sibel Ergün, Prof. Dr. Ruhan Benlikaya, Prof. Dr. Selvihan Kılıç Ateş Güzel, Prof. Dr. Türkan GÖKSAL ÖZBALTAlar ham mehmondoʻstlik uchun universitet maʼmuriyatiga tashakkur izhor qilishib, kelgusida universitetlar oʻrtasida fakultetlar kesimida ham aloqalarni kuchaytirish yuzasidan aniq rejalar tuzilganligini maʼlum qilishdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring
