Vatan himoyasi – muqaddas burch!

Bugun Guliston davlat universiteti Madaniyat saroyida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari tashkil etilganligining 33-yilligi hamda Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlangan “Vatan himoyasi – muqaddas burch!" mavzusida bayram tadbiri tashlkil etildi. Tadbirni universitet rektori M.Xodjiyev tabrik so'zi bilan ochib berdi.

Bayram kechasida universitet Xotin-qizlar maslahat Kengashih raisi N.Sultonova universitet xotin-qizlar jamoasi nomidan Vatan posbonlarining sharafli mehnatlari bilan tabriklab, yurtimizda Qurolli kuchlar va mudofaa tizimida olib borilayotgan islohotlar, bugungi kunda harbiylar safida xotin-qizlar salmog'ining ortib borayotganligi to‘g‘risida batafsil ma’lumot berdi.

Bayram kechasida harbiy bo'linmalar askar va zobitlari, zaxiradagi harbiy faxriylar ishtirok etishdi. Tadbirda bir qator faol harbiylar va yoshlar taqdirlanishdi. Bayramning badiiy qismida Vatanparvarlik va jangovar shaylikni targ‘ib qiluvchi bayramona kuy-qo‘shiqlar ijro etildi.

Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring
Eleanor Fant
Headmaster
Fig Nelson
Language Teacher
Hanson Deck
Special Education Teacher

Studentmisiz?