Rektor va yoshlar uchrashuvi o‘tkazildi
2025-yil 21-yanvar kuni Guliston davlat universitetining Ma'naviyat va ma'rifat markazi binosida
"Rektor va yoshlar uchrashuvi" loyihasi doirasida universitet rektori, rahbariyat xodimlari va universitetning faol hamda iqtidorli talaba-yoshlari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.
Uchrashuv davomida talaba-yoshlarning ta'lim olish, kuzgi semestr fanlari bo'yicha nazoratlarni tashkil etilishi va o'tkazilishi, bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ilmiy va fan to'garaklardagi mashg'ulotlar samaradorligini oshirish bo'yicha taklif va fikrlari eshitilib, rahbariyatga yoshlarning muommolarini bartaraf etish bo‘yicha tezkor topshiriqlar berildi.
Tadbir so'ngida ta'lim jarayonlarida faol qatnashgan talaba-yoshlar diplomlar bilan taqdirlandi.
Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring
