"Sport oyligi"ga start berildi

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan 2025-yil may oyi respublika oliy  va kasbiy taʼlim muassasalarida “Sportchi – yurt himoyachisi!” shiori ostida "Sport oyligi" deb eʼlon qilingan edi. 

Mazkur tashabbus Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktabrdagi PF-6099-son — “Sogʻlom turmush tarzi va ommaviy sportni rivojlantirish toʻgʻrisida”gi farmoni ijrosi doirasida amalga oshirilmoqda.

2025-yil 5-may kuni mazkur oylikka rasman start berildi. Oylikning ochilish marosimi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda yurtimizdagi barcha oliy  va kasbiy taʼlim muassasalarida bir vaqtning o‘zida jonli efir orqali amalga oshirildi.

Guliston davlat universitetida ham mazkur oylikka puxta tayyorgarlik ko‘rildi. Universitet Sport majmuasida oylikning start olishiga bag‘ishlanga tadbir o‘tkazildi, unda Guliston davlat universiteti rektori M.Xodjiyev, prorektorlar, bo‘lim boshliqlari, sportchi talabalar hamda sport to‘garaklari yetakchilari ishtirok etishidi.

Eslatib o‘tamiz, “Sportchi – yurt himoyachisi!” shiori ostida tashkil etilgan mazkur "Sport oyligi"da sportning: Badminton, futbol, voleybol, stol tennisi, basketbol, stritbol, gandbol, yengil atletika va dzyudo turlari bo‘yicha musobaqalar bo‘lib o‘tadi.

Musobaqalar joriy yilning 5-30-may kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.









Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring
Eleanor Fant
Headmaster
Fig Nelson
Language Teacher
Hanson Deck
Special Education Teacher

Studentmisiz?