Bitiruv malakaviy ish himoyasi davom etmoqda

20-iyun kuni Guliston davlat universiteti Filologiya fakulteti Ingliz tili va adabiyoti ta’lim yo‘nalishi bitiruvchi kurs talabalari uchun bitiruv malakaviy ishi himoyasi boshlandi.

Bitiruv malakaviy ishi himoyasi boshlanishida fakultet dekani hamda “Registrator ofis” vakillari tegishli me’yoriy-huquqiy hujjatlar hamda himoya tartibi to‘g‘risida, Korrupsiyaga qarshi kurashish “komplayens nazorati” tizimini boshqarish bo‘limi xodimlari tomonidan himoya jarayonlarini adolatli va shaffof tarzda o‘tkazish yuzadidan tushunchalar berishdi.

Biturvchilar mavzulari bo‘yicha bitiruv ishlarini tagishli ilmiy rahbarlari ishtirokida Davlat attestatsiya komissiyasi a’zolari huzurida himoya qildilar. E’tiborli jihati BMI mavzulari mutaxassislik tayyorlovchi kafedralar bosh ilmiy tadqiqot mavzulari doirasida, fanning zamonaviy konseptual masalalarini inobtga olgan holda belgilandi.

Guliston davlat universitetida bitiruv malakaviy ishi himoyasi va DAS davom etmoqda.

Barcha bitiruvchi  talabalarga omad tilaymiz!


Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring
Eleanor Fant
Headmaster
Fig Nelson
Language Teacher
Hanson Deck
Special Education Teacher

Studentmisiz?