Umumta’lim maktablarida yangi o‘quv yili boshlandi!

2-sentyabr sanasida yurtimizdagi barcha umumta’lim maktablarida yangi-2025/2026 o’quv yili boshlandi. Guliston shahrida joylashgan 16-umumiy o‘rta ta’lim maktabida ham yangi o‘quv yilining rasmiy ochilishiga bag’ishlab “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” shiori ostida “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbiri hamda “Mustaqillik darslari” tashkil etildi. Tadbirda 1-sinf o‘quvchilariga “Prezident sovg’asi” tarqatilib, 1-qo‘ng‘iroq ovozi yangradi. 

Unda Guliston davlat universiteti rektori M.Xodjiyev ishtirok etib, bayram nutqini so‘zladi hamda o‘quvchilarga “Mustaqillik darsi” doirasida jonajon diyorimizning 34 yillik davrida erishilgan yutuqlar, Uchinchi Renessansni bunyod etish yo‘lida ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar to‘g‘risida ma’lumotlar berdi.


Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring
Eleanor Fant
Headmaster
Fig Nelson
Language Teacher
Hanson Deck
Special Education Teacher

Studentmisiz?