Guliston davlat universitetida Mustaqillik darslari
Yangi o‘quv yilida Guliston davlat universitetida “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” shiori ostida “Bo‘lar ekan-ku yoxud kechaning bugundan farqi nimada?” mavzusida Mustaqillik darslari o‘tkazilmoqda. Ushbu mashg‘ulotlarda: yurtimiz mustaqilligining tarixiy ahamiyati, milliy qadriyatlarimizning hayotiy o‘rni, ajdodlarimizdan meros ezgu an’analar haqida keng ma’lumot berilmoqda. Mazkur darslar yoshlar qalbida Vatanga sadoqat, millat va xalq oldidagi mas’uliyat, Yangi O‘zbekistonni bunyod etishda faol bo‘lish tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda. Zero, mustaqillik darslari – faqat tarix saboqlari emas, balki kelajak avlod uchun hayotiy dasturulamal bo‘lib xizmat qiladi.
Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring
