Guliston davlat universitetida “Kredit haftasi” doirasida “Oliy ta’limga xush kelibsiz!” tadbiri o‘tkazild

Yangi 2025/2026-o‘quv yilida Guliston davlat universitetiga qadam qo‘ygan 1-bosqich talabalari uchun esda qolarli kunlardan biri bo‘ldi. “Kredit haftasi”ning muhim tadbirlaridan biri sifatida universitetda “Oliy ta’limga xush kelibsiz!” nomli uchrashuv tashkil etildi.

Tadbirni universitet yoshlar yetakchisi Yorqinjon Hayitboev olib bordi. Unda O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Fazliddin Sharipov, Yoshlar ishlari va ma’naviy-ma’rifiy masalalar bo‘yicha 1-prorektor Kozimjon Kudratov, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Dilmurod Eshmurodovlar tomonidan yangi talabalarga universitetning ta’lim jarayoni, imkoniyatlari, ma’naviy-ma’rifiy hamda ilmiy-innovatsion faoliyati haqida batafsil ma’lumot berildi.

Tadbir davomida yoshlarga oliy ta’lim jarayoniga tez moslashish, bilim olish, ilmiy izlanishlar bilan shug‘ullanish va talabalik davrining qiziqarli onlarini mazmunli o‘tkazish uchun kerakli tavsiyalar berildi.

Guliston davlat universitetida “Kredit haftasi” doirasidagi tadbirlar izchil davom etmoqda va yangi avlod talabalari uchun eshiklar keng ochilgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring
Eleanor Fant
Headmaster
Fig Nelson
Language Teacher
Hanson Deck
Special Education Teacher

Studentmisiz?