INNOWEEK-2025: Ilmiy ishlanmalar va innovatsion mahsulotlar ko‘rgazmasi hamda startaplar ferstivali o‘tkazildi

2025-yil 11-sentabr kuni Guliston davlat universitetida “InnoWeek-2025” — Xalqaro innovatsion g‘oyalar haftaligi rasman start oldi. Bu kun universitet hovlisi va majlis zallari innovatsiyalar, ilmiy g‘oyalar hamda yoshlar ijodkorligiga to‘la maydonga aylandi. Talabalar, yosh tadqiqotchilar va startapchilar o‘z innovatsion g‘oyalari bilan ishtirok etib, ularni ekspertlar va universitet professor-o‘qituvchilari oldida namoyish etdilar. Eng qiziqarli g‘oyalar qizg‘in muhokamaga sabab bo‘ldi. Universitet olimlari, ilmiy izlanuchilar va iqtidorli talabalar o‘zlarining so‘nggi ishlanmalari, loyihalari va yangi mahsulotlarini taqdim etishdi. Ko‘rgazma ishtirokchilari tomonidan amaliy jihatdan muhim bo‘lgan qator innovatsion yechimlar namoyish qilindi. Festivalda eng yaxshi loyihalar saralandi va ularning amaliy qiymati, kelgusi rivojlanish istiqbollari muhokama qilindi. Bu jarayon yoshlar uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochib berdi va ularni yanada faol bo‘lishga undadi. G‘oliblar va sovrindorlarga diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi. Bu e’tirof ularning mehnati va ijodiy sa’y-harakatlariga katta rag‘bat bo‘ldi. “InnoWeek-2025” tadbirlari yoshlarning innovatsion salohiyatini namoyon etish, ularda tadbirkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda startap tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.


Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring
Eleanor Fant
Headmaster
Fig Nelson
Language Teacher
Hanson Deck
Special Education Teacher

Studentmisiz?