Guliston davlat universiteti professor-o‘qituvchilari yuksak mukofotga sazovor bo‘ldi
26-sentabr kuni Guliston shahridagi “Yoshlar markazi” binosida 1-oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan “Oliy ta’lim a’lochisi” ko‘krak nishonini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov ishtirok etib, soha rivojiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan Sirdaryo viloyatidagi OTMlarda faoliyat yuritayotgan fidoyi pedagoglarni samimiy tabriklab, ularning mehnati mamlakatimiz kelajagi uchun beqiyos ahamiyat kasb etishini ta’kidladi. Bayram tadbirida o‘z kasbiga sadoqat bilan xizmat qilayotgan professor-o‘qituvchilar, tajribali pedagoglar, ilm-fan taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shayotgan olimlar hamda tizimda fidokorona faoliyat yuritayotgan bir guruh professor-o‘qituvchilar taqdirlandi.
Guliston davlat universitetining quyidagi professor-o‘qituvchilari “Oliy ta’lim a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlanishdi:
Muxsin Xodjiyev- texnika fanlari doktori, professor, Guliston davlat universiteti rektori
Habibjon Kushiyev-biologiya fanlari doktori, professor, Guliston davlat universiteti huzuridagi Agrobiotexnologiya va Biokimyo ilmiy tadqiqot instituti direktori
Karim Nuriyev-texnika fanlari doktori, professor
Odil Atlmishev-biologiya fanlari nomzodi, dotsent
O‘g‘iloy Abduraxmonova- kimyo fanlari nomzodi, dotsent
Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring
