Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining Guliston davlat universitetiga tashrifi: O‘zbekiston–Xitoy innovatsion hamkorligida yangi sahifa!

26-sentabr kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘g‘irotboy Sharipov Guliston davlat universitetida Xitoyning Shandong Baolai Leelai Bio-Tech Group professori Jinpeng Yuan va Shandong Fanlar akademiyasi Test-analitik markazi professorlari Lihon Wang va Fan Chuanfanglardan iborat delegatsiya bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Muzokaralarda O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi strategik sheriklikka asoslangan hamkorlik aloqalari nafaqat siyosiy va iqtisodiy jabhalarda, balki ijtimoiy, fan, ta’lim va innovatsiyalar sohasida ham jadal rivojlanib borayotganligini ta’kidlashdi. Shuningdek, kelgusidagi innovatsion yo‘nalishdagi hamkorlik aloqalarining istiqbollari muhokama qilindi.

Vazir Qo‘g‘irotboy Sharipov Sirdaryo viloyatini muhtaram Prezidentimizning “Innovatsion hudud”ga aylantirish borasidagi tashabbuslarini amalga oshirishda Xitoy asosiy investitsion hamkor ekanligini, endilikda bu aloqalar nafaqat iqtisodiyot va ishlab chiqarish tarmoqlarida, balki fan va innovatsiyalar yo‘nalishida ham rivojlanib borayotganligiga alohida to‘xtalib o‘tdi.

Kun tartibidagi asosiy masala — Shandong Baolai Leelai Bio-Tech Group, Shandong Fanlar akademiyasi Test-analitik markazi hamda Guliston davlat universiteti Agrobiotexnologiyalar va biokimyo ilmiy tadqiqot instituti hamkorligidagi Xitoy–O‘zbekiston hamkorligidagi xalqaro qo‘shma laboratoriyasining tashkil etilishi yuzasidan ham fikr almashildi.

Mazkur laboratoriya oziq-ovqat xavfsizligi, tuproq unumdorligi, biotexnologiya, o‘simliklar seleksiyasi yo‘nalishlarida ilmiy tadqiqotlar olib borish bilan bir qatorda agrar sohadagi muammolar yechimi bilan ham shug‘ullanadi.

Ushbu laboratoriyaning ochilishi ikki davlat olimlari uchun yangi ilmiy izlanishlar va qo‘shma loyihalar yo‘lini keng ochib beradi. Shu bilan birga, Sirdaryo viloyati hamda umuman O‘zbekiston agrar sektorida ilg‘or texnologiyalarni joriy etish, tuproq sifatini yaxshilash va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hosildorligini oshirishga ulkan hissa qo‘shishi kutilayotganligi ta’kidlandi.

Sirdaryo viloyatida xitoylik investorlar hajmining ortib borishi, bundan tashqari Guliston davlat universitetining xitoylik hamkorlar safi kengayib borayotganligini, buning natijasida xitoy tilini o‘zlashtirishga talabning oshishi sababli kelgusi o‘quv yilidan boshlab Guliston davlat universitetida xitoy tili bo‘yicha bakalavr tayyorlash rejalashtirilayotganligi ma’lum qilindi.

Muzokaralar yakunida vazir Qo‘g‘irotboy Sharipov mehmonlarga tashrif va hamkorlik aloqalari uchun minnatdorlik bildirdi va do‘stlik ramzi sifatida esdalik sovg‘alarini topshirdi.

Shundan so‘ng Shandong Baolai Leelai Bio-Tech Group, Shandong Fanlar akademiyasi Test-analitik markazi hamda Guliston davlat universiteti Agrobiotexnologiyalar va biokimyo ilmiy tadqiqot instituti hamkorligidagi xalqaro qo‘shma laboratoriyaning rasmiy ochilish marosimi o‘tkazildi.

Shu joyning o‘zida vazir Qo‘g‘irotboy Sharipovga Guliston davlat universiteti huzuridagi Agrobiotexnologiyalar va biokimyo ilmiy tadqiqot instituti faoliyati taqdim qilindi. Institut direktori, professor Habibjon Kushiyev oziq-ovqat xavfsizligi, tuproq unumdorligi, biotexnologiya, o‘simliklar seleksiyasi yo‘nalishlarida olib borilayotgan innovatsion izlanishlar hamda institut ilmiy xodimlari tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar bilan delegatsiyani tanishtirdi. Vazir mazkur institut ilmiy xodimlari bilan yuzma-yuz muloqot qilib, ular tomonidan olib borilayotgan innovatsion tadqiqotlar yuzasidan fikr almashdi.

Tashrif yakunida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘g‘irotboy Sharipov kelgusida Shandong Baolai Leelai Bio-Tech Group, Shandong Fanlar akademiyasi Test-analitik markazi hamda Guliston davlat universiteti Agrobiotexnologiyalar va biokimyo ilmiy tadqiqot instituti hamkorligida barpo etiladigan Xitoy–O‘zbekiston hamkorligidagi “Test-analitik tahlil” xalqaro qo‘shma laboratoriyasi bilan qiziqdi. Mazkur bino qurilishi rejalashtirilayotgan joy bilan tanishib, tegishli ko‘rsatmalar berdi.

 

 

Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring
Eleanor Fant
Headmaster
Fig Nelson
Language Teacher
Hanson Deck
Special Education Teacher

Studentmisiz?