"YOSHLAR KORRUPSIYAGA QARSHI"
Guliston davlat universitetida “9-dekabr - Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish” kuni munosabati bilan universitet rektorining tegishli buyrug‘i bilan 2025-yil dekabr oyi “Korrupsiyaga qarshi kurashish” oyligi deb e’lon qilindi.
Shu munosabat bilan 2025-yilning 5-dekabr kuni professor-o‘qituvchilar va talaba-yoshlar ishtirokida “Yoshlar korrupsiyaga qarshi” shiori ostida targ‘ibot tadbiri tashkil qilindi.
Tadbirda universitetning korrupsiyaga qarshi kurashish "Komplaens nazorati" tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘I M.N.Tuychiyev, yuristkonsult D.I.Abdullayev, yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi xodimi B.Xakimov ishtirok etdi.
Tadbirni o‘tkazishdan maqsad universitetda mavjud barcha faoliyatlar ochiqligini ta’minlash, korrupsiyaviy xavf-xatarlarning oldini olish va bartaraf etish borasida tadbiq etilgan yangiliklardan habardor qilish, talaba-yoshlarning huquqiy bilimlarini oshirishga qaratilgan.
Universitetda “Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi” doirasida yana bir qancha mavzularda tadbirlar, muloqot soatlari va tashviqot tadbirlarini o‘tkazish rejalashtirilgan.





Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring

.gif)


O'zbekcha
Русский
English
中文



