KONSTITUTSIYA – INSON QADRIYATI VA ADOLAT TIMSOLI!
Guliston davlat universiteti Madaniyat saroyida “Konstitutsiya — inson qadri, erkinlik, tenglik va adolat garovi!” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbir universitet rektori M.Xodjiyevning samimiy tabrik so‘zi bilan boshlandi. Shundan so‘ng universitet professori R.Mahmudov Konstitutsiyaning mazmuni, mohiyati va jamiyat hayotidagi o‘rni haqida sodda va aniq misollar asosida ma’ruza qildi.
Yil davomida yuqori natijalarga erishgan prorektorlar, dekanlar, bo‘lim boshliqlari, professor-o‘qituvchilar va iqtidorli talabalar munosib taqdirlandi.
Bayramning badiiy qismida San’atshunoslik fakulteti ijodkorlari, mahoratli xonandalar va sozandalar, shuningdek, Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti vakillari Vatan madhiga bag‘ishlangan kuy-qo‘shiqlarni ijro etib, tadbirga ko‘tarinki ruh bag‘ishladi.
Tadbir universitet jamoasida Konstitutsiya qadriyatlarini yanada chuqur anglash va ularni hayotga tatbiq etish borasida mustahkam ijobiy kayfiyat uyg‘otdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring

.gif)


O'zbekcha
Русский
English
中文



