YOSHLAR UCHUN AXBOROT ISTE’MOLI MADANIYATI BO‘YICHA MUROJAAT

Qadrli talaba-yoshlar!

Raqamli makon hayotimizning ajralmas bo‘lagiga aylangan bir davrda internetdagi ma’lumotlardan to‘g‘ri foydalanish har qachongidan muhimdir. Ayniqsa, diniy mazmundagi materiallar bilan ishlashda alohida mas’uliyat talab etiladi.

Shuni doimo yodda tuting:

-Diniy ma’lumotlarni faqat rasmiy va ishonchli manbalardan oling.

Rasmiy idoralar va tasdiqlangan saytlar – eng xavfsiz manba.

-Noma’lum sahifalar, kanallar yoki shaxslar tarqatayotgan diniy materiallarga ishonmang.

Bunday kontent ko‘pincha yoshlarni chalg‘itish va manipulyatsiya qilishga qaratilgan bo‘ladi.

-Taqiqlangan diniy-ekstremistik yoki aqidaparastlik mazmunidagi materiallardan uzoq bo‘ling.

Ularni O‘zbekistonga olib kirish, tayyorlash, saqlash yoki tarqatish qonun bilan qat’iyan taqiqlangan.

-Shubhali sahifa va kontentlarni ko‘rsangiz, platforma orqali darhol shikoyat qiling.

Bu o‘zingizni ham, do‘stlaringizni ham himoya qiladi.

-Tasdiqlanmagan ma’lumotni boshqalarga ulashmang.

Ishonchsiz kontent tarqatilishi jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.

Hurmatli yoshlar, sizning ongli axborot iste’moli jamiyat barqarorligi va shaxsiy xavfsizligingiz uchun juda muhimdir.

Hushyor bo‘ling, ishonchli manbadan foydalaning, o‘zingizni himoya qiling!

Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring
Eleanor Fant
Headmaster
Fig Nelson
Language Teacher
Hanson Deck
Special Education Teacher

Studentmisiz?