Guliston davlat universiteti va Shaanxi A&F Technology University o‘rtasida onlayn hamkorlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

Bugun Guliston davlat universiteti hamda Shaanxi A&F Technology University Axborot texnologiyalari yo‘nalishlari o‘rtasida onlayn muloqot bo‘lib o‘tdi. Mazkur uchrashuv Guliston davlat universiteti Xalqaro hamkorlik bo‘limi tashabbusi bilan tashkil etildi.

 Onlayn uchrashuvda Shaanxi A&F Technology University Axborot texnologiyalari fakulteti hamda Guliston davlat universiteti Axborot texnologiyalari kafedrasi vakillari ishtirok etib, kelgusidagi o‘zaro hamkorlikni tizimli yo‘lga qo‘yish, aniq yo‘l xaritasini ishlab chiqish va o‘zaro fikr almashish masalalarini muhokama qildilar.

 Zoom platformasi orqali bo‘lib o‘tgan uchrashuv davomida tomonlar quyidagi muhim yo‘nalishlar bo‘yicha batafsil fikr almashdilar va aniq amaliy maqsadlarni kelishib oldilar:

 talabalar va professor-o‘qituvchilar almashinuvi imkoniyatlarini kengaytirish;

 Xitoylik professor-o‘qituvchilar ishtirokida onlayn va oflayn darslar tashkil etish;

 sun’iy intellekt, Big Data, Data Analytics va raqamli transformatsiya yo‘nalishlarida qo‘shma ilmiy loyihalarni amalga oshirish;

 Scopus va Web of Science bazalarida indekslangan nufuzli jurnallarda qo‘shma ilmiy maqolalar chop etish;

 ilmiy seminar, vebinar va stajirovkalarni hamkorlikda tashkil etish.

 Uchrashuv yakunida tomonlar axborot texnologiyalari sohasida uzoq muddatli va barqaror hamkorlikni rivojlantirish, erishilgan kelishuvlarni bosqichma-bosqich amalga oshirish bo‘yicha kelgusidagi aniq qadamlarni belgilab oldilar.

 Mazkur onlayn muloqot ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish, xalqaro tajriba almashinuvi va ta’lim hamda ilm-fan sohasida integratsiyani kuchaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi.


Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring
Eleanor Fant
Headmaster
Fig Nelson
Language Teacher
Hanson Deck
Special Education Teacher

Studentmisiz?