Guliston davlat universiteti va Yevropa oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlik yangi bosqichga chiqmoqda

Bugungi kunda Yevropa oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va rivojlantirish Guliston davlat universiteti xalqaro hamkorlik faoliyatidagi ustuvor yo‘nalishlardan biri hisoblanadi. Universitet tomonidan xalqaro ta’lim makoniga integratsiyalashuv, ilg‘or Yevropa tajribasini o‘rganish va ta’lim sifatini oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Shu maqsadda 2026-yil 28-yanvar kuni Guliston davlat universiteti hamda Chexiya Respublikasining nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan biri — Prague Institute of Management and Technology (PIMT) o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi. Ushbu hujjat ikki tomonlama akademik, ilmiy va ta’limiy hamkorlikni rivojlantirish uchun mustahkam huquqiy asos yaratdi. E’tiborlisi shundaki, memorandum imzolangan kunning o‘zidayoq hamkorlik aloqalari amaliy bosqichga o‘tdi. Prague Institute of Management and Technology rektori Dr. Marko Mannsberger video murojaat orqali Guliston davlat universiteti rektori M. Xodjiyevni institutga rasmiy tashrif bilan kelishga taklif etdi. Bu esa tomonlarning hamkorlikka bo‘lgan yuqori qiziqishi va o‘zaro ishonchidan dalolat beradi. Hamkorlik doirasida dastlabki amaliy qadam sifatida Guliston davlat universiteti Biologiya kafedrasi dotsenti Feriza Gaibnazarova PIMT bilan “Universitetlarda o‘qitishning zamonaviy usullari: Yevropa tajribasi” mavzusida malaka oshirish dasturi doirasida faoliyatini boshladi. Mazkur dastur professor-o‘qituvchilarning pedagogik mahoratini oshirish, zamonaviy ta’lim metodlari va innovatsion yondashuvlarni o‘rganishga qaratilgan. Kelgusida tomonlar talabalar va professor-o‘qituvchilar almashinuvi, qo‘shma ilmiy tadqiqotlar, xalqaro konferensiya va seminarlar tashkil etish, shuningdek, qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish kabi yo‘nalishlarda hamkorlikni kengaytirishni rejalashtirmoqda. Mazkur xalqaro hamkorlik aloqalari Guliston davlat universitetining xalqaro nufuzini oshirish, ta’lim jarayoniga Yevropa tajribasini joriy etish hamda oliy ta’lim sifatini yangi bosqichga olib chiqishda muhim ahamiyat kasb etadi. Bu kabi tashabbuslar universitetning strategik rivojlanish maqsadlariga to‘liq mos keladi.

Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring
Eleanor Fant
Headmaster
Fig Nelson
Language Teacher
Hanson Deck
Special Education Teacher

Studentmisiz?