Sirdaryoda yoshlar bilan ishlash bo‘yicha samarali tizim shakllanmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvardagi PQ–1 va PQ–2-son qarorlari ijrosini o‘rganish bo‘yicha Respublika ishchi guruh tomonidan Sirdaryo viloyatidagi oliy ta’lim muassasalari faoliyati atroflicha tahlil qilindi. O‘rganishlar natijasida Guliston davlat universiteti, Guliston davlat pedagogika instituti hamda Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filiali tomonidan amalga oshirilayotgan tizimli ishlar yuqori baholanib, Sirdaryoda yoshlar bilan ishlash bo‘yihca samarali tizim shakllanayotganligi qayd etildi.

Xususan, talaba-yoshlar orasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, ichki tartib-intizomni mustahkamlash, sog‘lom ijtimoiy muhitni shakllantirish borasida “Qalqon” jamoatchilik guruhining faoliyati alohida e’tirof etildi. Ushbu guruh nafaqat profilaktik tadbirlarni tashkil etish, balki yoshlar bilan individual ishlash, ularning muammolarini o‘rganish va hal etishda ham muhim o‘rin tutmoqda.

Bugun Guliston davlat universitetida ushbu yo‘nalishda erishilgan natijalarni e’tirof etish maqsadida tantanali taqdirlash marosimi tashkil etildi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining birinchi o‘rinbosari Baxriddin Valiyev, Ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Botir Qudratxo‘jayev, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Uktam Salomov, Sirdaryo viloyati hokimi o‘rinbosari O.Mavlonberdiyev, viloyat prokurori Savid Imatov hamda tegishli tashkilot va OTMlar rahbarlari ishtirok etishi.

Marosim davomida erishilgan yutuqlar munosib rag‘batlantirildi. Jumladan, Guliston davlat universiteti rektori M.Xodjiyev hamda uch oliy ta’lim muassasasining “Qalqon” jamoatchilik guruhi vakillari Bosh prokuratura tomonidan maxsus sovg‘a – elektro skuterlar bilan taqdirlanishdi. Shuningdek, Sirdaryo viloyati hokimining tashakkurnomalari ham topshirildi.

Yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilgani uchun Guliston davlat universiteti Yoshlar yetakchisi Y.Hayitboyev 10 million so‘m pul mukofoti bilan rag‘batlantirildi. Bundan tashqari, Baxriddin Valiyev tomonidan universitetning Axborot-resurs markaziga qimmatli kitoblar to‘plami sovg‘a qilindi. Bu esa talabalarning ilmiy salohiyatini oshirish va mutolaa madaniyatini rivojlantirishga xizmat qiladi.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar yoshlar bilan ishlash masalasi bugungi kunda davlat siyosatining eng muhim yo‘nalishlaridan biri ekanini alohida ta’kidlashdi. Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularni turli yot g‘oyalar va salbiy illatlardan himoya qilish, zamonaviy bilim va ko‘nikmalar bilan qurollantirish ustuvor vazifa sifatida qayd etildi. Ayniqsa, Respublika Ishchi guruh raisi, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining birinchi o‘rinbosari Baxriddin Valiyev tomonidan Guliston davlat universiteti Axborot-resurs markazida yushmagan yoshlarni kitobxonlikka, o‘qishga, bilimga jalb qilinganligini yanglik deb e’tirof etgan holda yuqori baholadi.

Guliston davlat universiteti rektori M. Xodjiyev o‘z nutqida ishchi guruhga minnatdorchilik bildirib, Sirdaryo yoshlari kelajakda Yangi O‘zbekistonning Uchinchi Renessans bunyodkorlari bo‘lib yetishishlari uchun barcha zarur shart-sharoitlar yaratilishini, bu yo‘lda universitet jamoasi bor kuch va salohiyatini safarbar etishini ta’kidladi.

Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring
Eleanor Fant
Headmaster
Fig Nelson
Language Teacher
Hanson Deck
Special Education Teacher

Studentmisiz?