“Karyera kuni”: bitiruvchilar uchun real imkoniyatlar maydoni
2026-yil 2-aprel kuni Guliston davlat universitetida an’anaga aylangan “Payshanba — yoshlar kuni” doirasida navbatdagi “Karyera kuni” mehnat yarmarkasi yuqori saviyada tashkil etildi.
Tadbir yoshlarning bandligini ta’minlash, ularni mehnat bozoriga samarali integratsiya qilish hamda real ish o‘rinlari bilan bog‘lashga qaratilgani bilan ahamiyatli bo‘ldi.
Mazkur uchrashuvda universitet rektori M.Xodjiyev shaxsan ishtirok etib, bitiruvchi talabalar bilan yuzma-yuz va individual suhbatlar o‘tkazdi. Har bir talabaning kelgusidagi aniq rejalari, tanlagan kasbiy yo‘nalishi, ishga joylashish imkoniyatlari atroflicha muhokama qilindi.
Muhim jihat suhbatlar faqat umumiy maslahat bilan cheklanib qolmadi. Har bir bitiruvchi bo‘yicha amaliy yechimlar ishlab chiqildi.
Tadbir davomida 3 tomonlama shartnomalarning real ijrosi chuqur tahlil qilinib, kimlar ishga joylashgani, qaysi yo‘nalishlarda muammo borligi hamda ish beruvchilar bilan aloqalardagi kamchiliklar aniq misollar asosida ko‘rib chiqildi.
Tadbirda viloyatdagi mavjud bo‘sh ish o‘rinlari bo‘yicha keng qamrovli ma’lumotlar taqdim etilib, bitiruvchilarga o‘z yo‘nalishida ish topish va mehnat bozorida raqobatbardosh bo‘lish bo‘yicha yo‘l-yo‘riqlar berildi.
Shuningdek, kelgusida davlat va nodavlat tashkilotlar bilan hamkorlikni kengaytirish, bitiruvchilarni ish bilan ta’minlashda manzilli ishlash va har bir talaba bilan individual yondashuvni kuchaytirish ustuvor vazifa sifatida belgilandi.
“Karyera kuni” nafaqat uchrashuv, balki bitiruvchilar uchun real ishga olib boruvchi amaliy platforma bo‘lib xizmat qilmoqda.





Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring

.gif)


O'zbekcha
Русский
English
中文



