“Yangi Oʻzbekiston talabalari olimpiadasi”ga tantanali start berildi

Bugun 6-aprel kuni musobaqaning ochilish marosimi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda yurtimizdagi barcha oliy taʼlim muassasalarida bir vaqtning o‘zida jonli efir orqali amalga oshirildi.

Guliston davlat universitetida ham mazkur sport sinovlariga puxta tayyorgarlik ko‘rildi. Universitetda yangi barpo etilgan Markaziy o‘yingohda bo'lib o'tgan musobaqaning ochilishiga bag‘ishlangan tadbirda Sirdaryo viloyatidagi Oliy ta’lim muassasalari rahbarlari, sportchi talabalar hamda sport to‘garaklari yetakchilari ishtirok etishidi.

Guliston davlat universiteti rektori M.Xodjiyev  Sirdaryo viloyatidagi Oliy ta’lim muassasalaridan 7 ta sport turlari bo‘yicha 8735 nafar ishtirokchi ro‘yxatdan o‘tganligini, viloyatidagi barcha Oliy ta’lim muassasalari mazkur bellashuvlarga tayyorligigni ma’lum qildi. 

Ta’kidlanganidek, tadbir doirasida aprel-may oylari oliy taʼlim muassasalarida “Sogʻlomlashtirish va sport” oyligi etib belgilandi.  “Yangi Oʻzbekiston talabalari olimpiadasi” sport musobaqalari doirasida 7 ta sport turlari: Basketbol, Voleybol, Gandbol, Yengil atletika, Stol tennis, Suzish hamda Futbol boʻyicha bellashuvlar oʻtkazilishi belgilab olindi. 

Ayni paytda Guliston davlat universitetida ushbu sport turlari boʻyicha musobaqa jarayonlari boʻlib oʻtmoqda.







Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring
Eleanor Fant
Headmaster
Fig Nelson
Language Teacher
Hanson Deck
Special Education Teacher

Studentmisiz?