Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi universitetlari kongressi: yangi bosqich, yangi imkoniyatlar

Samarqand shahrida bo‘lib o‘tayotgan Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi universitetlari kongressi oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi xalqaro hamkorlikni yanada rivojlantirishda muhim maydon bo‘lib xizmat qilmoqda. Mazkur nufuzli anjumanda Guliston davlat universiteti delegatsiyasi ham faol ishtirok etmoqda.

 Xususan, universitetning Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektori Abdushokhit Pozilov hamda Tibbiyot fakulteti dekani Farhod Shernazarov kongress doirasidagi uchrashuv va muzokaralarda qatnashmoqda.

 Kongress davomida Yevropa davlatlari, jumladan Polsha, Chexiya va Slovakiya universitetlari bilan istiqbolli hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha muzokaralar olib borilmoqda. Ushbu hamkorliklar akademik almashinuv dasturlari, qo‘shma ta’lim loyihalari hamda ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirishga xizmat qilishi kutilmoqda.

 Tadbirning birinchi kunida Polshaning yetakchi oliy ta’lim muassasalaridan biri — Adam Mickiewicz University rektori, professor Bogumila Kaniewska bilan o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi. Mazkur hujjat ikki tomonlama hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishda muhim qadam bo‘lib xizmat qiladi.

 Shuningdek, 14-aprel kuni ham qator Yevropa oliy ta’lim muassasalari bilan yangi kelishuvlarga erishish rejalashtirilgan. Bu esa Guliston davlat universitetining xalqaro maydondagi nufuzini yanada oshirish, zamonaviy ta’lim standartlarini joriy etish va talabalar hamda professor-o‘qituvchilar uchun yangi imkoniyatlar yaratishga xizmat qiladi.

 Mazkur kongress Markaziy Osiyo va Yevropa Ittifoqi mamlakatlari o‘rtasida ta’lim, ilm-fan va innovatsiyalar sohasidagi hamkorlikni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.






Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring
Eleanor Fant
Headmaster
Fig Nelson
Language Teacher
Hanson Deck
Special Education Teacher

Studentmisiz?