Guliston davlat universitetida “Sog‘lom hayot uchun 5000 qadam!” yurish marafoni davom etmoqda
Chorshanba — sport va salomatlik kuni!
Yurtimizdagi oliy ta’lim muassasalarida haftaning har chorshanba kuni “Sport kuni” sifatida keng nishonlanib kelinmoqda. Shu munosabat bilan, 2026-yil 13-may kuni Guliston davlat universitetida professor-o‘qituvchilar hamda ishchi-xodimlar ishtirokida “Sog‘lom hayot uchun 5000 qadam!” shiori ostida navbatdagi tonggi yurish marafoni tashkil etildi.
Erta tongdan boshlangan tadbirda universitet jamoasi vakillari ochiq havoda faol harakat qilib, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, jismoniy faollikni oshirish hamda kunni yuqori kayfiyat bilan boshlash imkoniga ega bo‘lishdi.
Ishtirokchilar belgilangan masofa bo‘ylab 5000 qadam bosib o‘tib, badanlarini chiniqtirishdi. Shuningdek, universitet sport targ‘ibotchisi va murabbiylari boshchiligida sog‘lomlashtiruvchi badantarbiya mashqlari bajarildi. Tadbirning keyingi qismida futbol hamda stol tennisi bo‘yicha sport o‘yinlari tashkil etilib, jamoa a’zolari o‘zlarining jismoniy tayyorgarliklarini sinovdan o‘tkazishdi.
Barchani sog‘lom hayot sari faol qadam tashlashga chorlaymiz!
Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring

.gif)


O'zbekcha
Русский
English
中文



