Yoshlar sport bilan — sog‘lom va faol hayot sari!

2026-yil 14-may kuni Guliston davlat universitetida “Payshanba — yoshlar kuni!” doirasida yoshlar orasida sportni keng ommalashtirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda ularning jismoniy faolligini oshirish maqsadida sport musobaqalari tashkil etildi.
Mazkur sport tadbirlarida universitetning faol va sportsevar talabalari ishtirok etib, sportning yengil atletika, stol tennisi, yugurish hamda suzish turlari bo‘yicha o‘zaro bellashdilar.
Musobaqalar davomida ishtirokchilar nafaqat jismoniy tayyorgarligi, balki chaqqonlik, chidamlilik va g‘alabaga bo‘lgan intilishlarini ham namoyon etdilar.
Bellashuvlar yuqori kayfiyat, qizg‘in raqobat va sport ruhida o‘tdi. Ayniqsa, yugurish va yengil atletika bahslarida talabalar o‘zlarining tezkorligi va matonatini namoyish etgan bo‘lsa, stol tennisi hamda suzish musobaqalari murosasiz va qiziqarli bahslarga boy bo‘ldi.
Tadbir davomida yoshlarni sportga keng jalb qilish, ularning sog‘lom va faol hayot tarzini qo‘llab-quvvatlash, sport orqali jamoaviylik va do‘stlik muhitini mustahkamlashga alohida e’tibor qaratildi.


Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring

Studentmisiz?