M U R O J A A T N O M A

M U R O J A A T N O M A

“Ta'limda korrupsiyaga o'rin yoq!”

Hurmatli Guliston davlat universiteti professor-o‘qituvchilari va xodimlari!
2025-2026 o‘quv yili yakunida universitetimizda o‘tkaziladigan Yakuniy nazoratlar hamda Yakuniy davlat attestatsiya sinovlarini yuqori saviyada, shaffof va adolatli tashkil etish barchamizdan katta mas’uliyat talab qiladi.
Shu munosabat bilan Sizlarni ta’lim jarayonida korrupsiyaning har qanday ko‘rinishlariga, jumladan, pora olish yoki berish, noqonuniy manfaatdorlik, tanish-bilishchilik va boshqa salbiy holatlarga mutlaqo yo‘l qo‘ymaslikka chaqiramiz.

Yakuniy nazorat va attestatsiya sinovlari davomida: talabalar bilimini xolis va adolatli baholash; belgilangan nizom va tartiblarga qat’iy rioya qilish; xizmat vazifasidan shaxsiy manfaat yo‘lida foydalanmaslik; ta’lim jarayonining ochiqligi va shaffofligini ta’minlash; korrupsiyaga oid har qanday holatlarga nisbatan murosasiz munosabatda bo‘lish har bir professor-o‘qituvchi, xodimning muhim vazifasi hisoblanadi. Korrupsiyaga qarshi kurashish - bu nafaqat qonunchilik talabi, balki ta’lim sifati, jamiyat ishonchi va yoshlar kelajagi oldidagi yuksak mas’uliyatdir. Barchangizni halollik, vijdonlilik, adolat va mas’uliyat tamoyillariga amal qilgan holda faoliyat yuritishga chaqiramiz.

Hurmat bilan, Universitet korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi.

Korrupsiyaga duch kelsangiz quyidagi ishonch telefon raqami yoki telegram kanaliga murojaat qiling.

Ishonch telefon raqami: 67-225 39-57.

Telegram bot: https://t.me/gulduanti_corbot

“Ta'limda korrupsiyaga o'rin yoq!”

Hurmatli talabalar!

2025-2026 o‘quv yili yakunida o‘tkaziladigan Yakuniy nazoratlar hamda Yakuniy davlat attestatsiya sinovlarida faol ishtirok etishingiz, bilim va salohiyatingizni halol hamda mustaqil ravishda namoyon etishingiz muhim ahamiyat kasb etadi.
Shu munosabat bilan Sizlarni joriy va yakuniy nazorat jarayonlarida korrupsiyaning har qanday ko‘rinishlariga, jumladan, pora berish, noqonuniy yo‘llar orqali baho olishga urinish, turli manfaatdorlik holatlari hamda tartib-intizomga zid harakatlarga mutlaqo yo‘l qo‘ymaslikka chaqiramiz.

Har bir talaba: yakuniy nazorat va attestatsiya sinovlariga puxta tayyorgarlik ko‘rishi; bilimini halol va mustaqil ravishda namoyish etishi; belgilangan tartib-qoidalarga qat’iy amal qilishi; korrupsion holatlarga nisbatan murosasiz munosabatda bo‘lishi; fakultet sha’ni va ta’lim muassasasi obro‘sini asrashga mas’ul ekanligini unutmasligi lozim. Unutmang, halol mehnat va adolatli baholash - Sizning kelajakdagi muvaffaqiyatingizning muhim poydevoridir.  Barchangizga yakuniy sinovlarda omad va muvaffaqiyat tilaymiz.

 Hurmat bilan, Universitet korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi.

Korrupsiyaga duch kelsangiz quyidagi ishonch telefon raqami yoki telegram kanaliga murojaat qiling.

Ishonch telefon raqami: 67-225 39-57.

Telegram bot: https://t.me/gulduanti_corbot


Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring

Studentmisiz?