Tinchlik – eng oliy ne’mat!
2026-yil 28-sentabr kuni Guliston davlat universitetida “Tinchlik – eng oliy ne’mat” va “Jaholatga qarshi – ma’rifat bilan kurash!” mavzularida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
Tadbirda GulDU Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i E.Mo‘minov, O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari qo‘mitasining viloyat hududiy boshqarmasi xodimlari A.Jo‘rayev va J.Xolyigitov, fakultet dekanlari o‘rinbosarlari, bo‘lim boshliqlari, professor-o‘qituvchilar, tyutorlar hamda talabalar ishtirok etdi.
Tadbir davomida tinchlik va osoyishtalikning qadr-qimmati, yoshlarni turli yot g‘oyalar ta’siridan asrash, jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish hamda yoshlar o‘rtasida sog‘lom dunyoqarashni shakllantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, talabalarga turli salbiy illatlarning oldini olish, axborot makonidan oqilona foydalanish va hushyorlikni oshirish yuzasidan zarur tushunchalar berildi.




Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring

.gif)


O'zbekcha
Русский
English
中文



