“GulDU mushoirasi” — yosh ijodkorlarning ilk kitobi taqdim etildi
2026-yil 8-oktabr kuni “Payshanba
— Yoshlar kuni” doirasida Guliston davlat universitetida yosh ijodkorlar uchun
quvonchli va unutilmas voqea — “GulDU mushoirasi” kitobining
taqdimot marosimi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur kitob universitet
rektori, texnika fanlari doktori, professor, Oliy ta’lim a’lochisi Muxsin
Xodjiyev tashabbusi bilan nashr etildi.
G‘oya esa bundan qariyb
yetti oy avval, 2026-yil 5-mart kuni Axborot-resurs markazida yoshlar bilan
bo‘lib o‘tgan uchrashuvda tug‘ilgan edi. O‘shanda yoshlar tomonidan universitet
ijodkorlarining she’r va nasrlarini jamlagan kitob nashr etish taklifi ilgari
surilgandi.
Bu tashabbus tez orada
amaliy ishga aylandi. Yosh ijodkorlar o‘rtasida tanlov e’lon qilinib, 100
ga yaqin talaba-yosh o‘z ijod namunalarini taqdim etdi. Saralash
natijasida 23 nafar ijodkorning eng sara she’r va qissalari
to‘plamdan joy oldi.
Shu tariqa 245
sahifalik “GulDU mushoirasi” dunyoga keldi.
Kitob Toshkent shahridagi “Ijod
nashr” nashriyotida zamonaviy dizayn asosida 100 nusxada chop etildi.
Bu — universitetning “Mushoira” klubi a’zolari uchun shunchaki kitob emas,
balki ularning ijodiy izlanishlari, orzulari va ilk adabiy qadamlarini
birlashtirgan qadrli to‘plamdir.
E’tiborlisi, yoshlarning ijodiy salohiyatini yuzaga chiqarishga xizmat qilayotgan “Mushoira” klubi 2025-yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda. Bugunga qadar klub a’zolarining ijod namunalari viloyat va respublika miqyosidagi 10 dan ortiq gazeta va jurnallarda chop etildi.
Tadbir yakunida ijodkor talaba-ysohlarning ota-onlari taqdirlanishdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring

.gif)


O'zbekcha
Русский
English
中文


