Guliston davlat universiteti Ozarbayjonning uchta nufuzli universiteti bilan hamkorlik shartnomalarini imzoladi
Forumning ikkinchi kuni – 17-oktabr kuni oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida B2B uchrashuvlar hamda hamkorlik shartnomalarini imzolash marosimlari bo‘lib o‘tdi.
Ushbu uchrashuvlar doirasida Guliston davlat universiteti Ozarbayjonning yetakchi oliygohlari – Boku davlat universiteti, Ozarbayjon davlat pedagogika universiteti va Boku Slavyan universiteti bilan hamkorlik shartnomalarini imzoladi.
Imzolangan hujjatlar talabalar va professor-o‘qituvchilar akademik almashinuvi, qo‘shma ta’lim dasturlari va ilmiy loyihalarni amalga oshirish, qo‘shma konferensiyalar, seminarlar va malaka oshirish tadbirlarini tashkil etish, shuningdek, ilmiy nashrlar va o‘quv-uslubiy tajriba almashish kabi yo‘nalishlarda hamkorlikni nazarda tutadi.
Ayniqsa, pedagog kadrlar tayyorlash, filologiya va tillarni o‘qitish sohalarida yangi imkoniyatlar ochilishi kutilmoqda.





Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring

.gif)


O'zbekcha
Русский
English
中文


