YOSHLARNI OILAVIY HAYOTGA TAYYORLASH — MUSTAHKAM OILA POYDEVORI
Oila — jamiyatning eng muhim bo‘g‘ini, uning mustahkamligi esa yoshlarning oilaviy hayotga qanchalik tayyor ekanligiga bog‘liq.
27.10.2026-yil kuni Guliston davlat universiteti rektorining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi N.Sultonova ishtirokida Guliston shaxar “Yoshlarni oilaga tayorlash maskanid” da mahallada oila qurish ostonasida turgan yoshlar bilan “Oila qurish — baxtgina emas, buyuk mas’uliyat hamdir” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuv davomida yoshlarga oilaviy hayotga ma’naviy-ruhiy, huquqiy, iqtisodiy va tibbiy jihatdan tayyor bo‘lish, o‘zaro hurmat, ishonch, sabr-toqat hamda mas’uliyatning ahamiyati haqida tushunchalar berildi.
Shuningdek, erta nikohlarning oldini olish, to‘y marosimlarida ortiqcha dabdababozlik va isrofgarchilikka yo‘l qo‘ymaslik, oilaviy nizolar va ajrimlarning oldini olish, yoshlarning ta’lim olishi hamda iqtisodiy mustaqilligini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
💬 Uchrashuvda yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularni qiziqtirgan savollar yuzasidan fikr almashildi.
Ta’kidlanganidek, baxtli oila tayyor holda bunyod bo‘lmaydi. U o‘zaro mehr-muhabbat, hurmat, ishonch va birgalikdagi mas’uliyat asosida shakllanadi.
🌿 Zero, mustahkam oila — sog‘lom jamiyat va farovon kelajak garovidir!





Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring

.gif)


O'zbekcha
Русский
English
中文



