GulDU rahbariyati “InnoWeek–2026” xalqaro innovatsion haftaligida
Guliston davlat universiteti rahbariyati “O‘zgarayotgan dunyo uchun ilg‘or innovatsiyalar” shiori ostida tashkil etilgan “InnoWeek–2026” xalqaro innovatsion g‘oyalar haftaligida ishtirok etdi.
Haftalik doirasida universitet rahbariyati xalqaro ko‘rgazma bilan yaqindan tanishib, unda namoyish etilgan innovatsion ishlanmalar, zamonaviy texnologiyalar va istiqbolli startap loyihalarini ko‘zdan kechirdi. Taqdim etilgan loyihalar yangi ilmiy g‘oyalarni amaliyotga tatbiq etish, ishlab chiqarish jarayonlariga innovatsion yechimlarni joriy qilish hamda ilm-fan va sanoat integratsiyasini rivojlantirish nuqtayi nazaridan muhim ahamiyat kasb etadi.
Tashrif davomida xalqaro ilmiy-ta’limiy hamkorlikni kengaytirish, qo‘shma innovatsion loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi. Xususan, Italiyaning Padua universiteti rahbariyati bilan o‘zaro hamkorlik aloqalarini rivojlantirish, istiqbolli ilmiy yo‘nalishlarda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish hamda ikki universitet o‘rtasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish yuzasidan kelishuvlarga erishildi.
Mazkur kelishuvlar ilmiy tadqiqotlar samaradorligini oshirish, professor-o‘qituvchilar va yosh tadqiqotchilar uchun yangi imkoniyatlar yaratish, xalqaro tajriba almashinuvini kengaytirish hamda innovatsion ishlanmalarni rivojlantirishga xizmat qilishi kutilmoqda.
Guliston davlat universitetining “InnoWeek–2026” xalqaro haftaligida ishtirok etishi universitetning innovatsion rivojlanish, xalqaro hamkorlikni mustahkamlash va ilmiy ishlanmalarni amaliyot bilan bog‘lash borasidagi faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biridir.





Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring

.gif)


O'zbekcha
Русский
English
中文



