Markaziy Osiyo xalqaro ta’lim forumi: GulDU yangi hamkorlik shartnomalarini imzoladi


Markaziy Osiyo xalqaro ta’lim forumida GulDU yangi hamkorlik shartnomalarini imzoladi
Toshkentdagi “O‘zbekiston” xalqaro anjumanlar saroyida “Markaziy Osiyo — ta’lim, fan va innovatsiyalarning yangi makoni” mavzusidagi Markaziy Osiyo xalqaro ta’lim forumi o‘z ishini boshladi.

Ochilish marosimida Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining forum ishtirokchilariga yo‘llagan tabrigini o‘qib eshittirdi.

Forumda Markaziy Osiyo davlatlarining ta’lim vazirlari, xorijiy universitetlar rahbarlari, xalqaro tashkilotlar vakillari va ekspertlar ishtirok etmoqda.

Forum doirasida Guliston davlat universiteti rektori M.Xodjiyev boshchiligidagi delegatsiya Qasim Tinistanov nomidagi Issiqko‘l davlat universiteti (Qirg‘iziston), Chengdu Qinggong Polytechnic universiteti va Goldy Mount kompaniyasi (Xitoy) bilan hamkorlik shartnomalarini imzoladi. Kelishuvlar IT va sun’iy intellekt sohasida ta’lim, intellektual xitoy tili kabinetlari hamda o‘quv-amaliy bazalar tashkil etishni nazarda tutadi.

Guliston davlat universiteti xalqaro hamkorlik geografiyasini kengaytirishda davom etmoqda.


Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring

Studentmisiz?