Matematika, fizika va sun’iy intellekt: ilm-fanning yangi chorrahasida
Matematika, fizika va sun’iy intellekt: ilm-fanning yangi chorrahasida
Bugun Guliston davlat universitetida “Matematika, fizika va sun’iy intellektning konvergensiyasi: innovatsiyalar va yangi paradigmalar” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o‘z ishini boshladi.
Universitet Madaniyat saroyida anjumanning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda mahalliy va xorijiy olimlar, professor-o‘qituvchilar, tadqiqotchilar, doktorantlar, magistrantlar hamda iqtidorli yoshlar jam bo‘ldi.
Anjuman doirasidagi yalpi majlisda Guliston davlat universitetining Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Dilmurod Eshmurodov so‘zga chiqib, matematika, fizika va sun’iy intellekt kabi zamonaviy ilmiy yo‘nalishlarning o‘zaro uyg‘unligi bugungi ilm-fan va ta’lim taraqqiyotida muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi. Shuningdek, fanlararo hamkorlikni kuchaytirish, ilmiy natijalarni amaliyotga tatbiq etish va yangi ilmiy yondashuvlarni rivojlantirish zarurligiga e’tibor qaratdi.
Yalpi majlisda Filippin, Hindiston, Qirg‘iziston va O‘zbekiston vakillari ilmiy ma’ruzalari bilan ishtirok etdi. Xususan, Filippinlik olim Borromeo Jad Andrew Acabado raqamli qatorlar bo‘yicha matematik tadqiqotlari, Hindiston vakili Dr. Danish Ather ta’lim va tadqiqotlarda sun’iy intellektning o‘rni, O‘zbekistonlik olimlar esa suv muammolari, matematik modellashtirish, oliy ta’limda sun’iy intellekt texnologiyalarini integratsiya qilish kabi dolzarb masalalar yuzasidan ma’ruzalar qildilar.
Ikki kun davom etadigan xalqaro anjuman davomida amaliy matematika va zamonaviy matematik modellashtirish, fizikaning zamonaviy muammolari, sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalar, ta’limda raqamli transformatsiya va STEAM, kiberxavfsizlik hamda robototexnika va yashil texnologiyalar kabi yo‘nalishlarda ilmiy muhokamalar olib boriladi.
Xalqaro anjuman shoʼbalar kesimida oʼz ishini davom ettirmoqda.
Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring

.gif)


O'zbekcha
Русский
English
中文


