"Maʼrifat ulashib"
2026-yil 13-noyabr kuni Gulistan davlat universitetida "Ma'rifat ulashib" loyihasi doirasida xalqimiz ardog'idagi ijodkorlar Xosiyat Bobomurodova, Qozoqboy Yoʼldoshev va Abduqayum Yoʼldoshevlar bilan universitet professor-o'qituvchilari va talaba-yoshlar o'rtasida ijodiy uchrashuv bo'lib o'tdi. Tadbirda Guliston davlat universiteti Yoshlar ishlari va ma’naviy-ma’rifiy masalalar bo’yicha birinchi pororektor K.Kudratov, universitet professori R.Mahmudovlar ijodkorlarning hayoti va ijodi tog'risida ma'ruza qilishdi.
Ijod kechasida adiblarimiz tomonidan talaba-yoshlarga ijod yo'liga kirib kelishilari, ustozlarining mehtanlari, ilm-ma'rifatning shaxs kamolotidagi ahamiyati to'g'risida ma'ruza qilishdi. Yosh ijodkorlarga o'zlarining qimmatli maslahatlarini berishdi. Mazkur kechada universitetning yetakchi professor-o'qituvchilari va faol talabalar ham so'zga chiqishib, yosh avlodni tarbiyalashda adabiyotning o'rni, unda mazkur adiblar ijodining ahamiyati borasida ma'ruza qilishdi.
Tadbir so'ngida ijodkorlar va tashabbuskor talaba-yoshlar tomonidan shoirlar qalamiga mansub she'rlardan namunalar aytildi hamda talabalarga shoirlar o'z dasxatlarini berishdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring

.gif)


O'zbekcha
Русский
English
中文



