Xotin-qizlar bilan ishlashda hamkorlik va mas’uliyat — muhim vazifa
Joriy yilning 16-noyabr kuni Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi N.Sultonova boshchiligida kengashning navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi.
Unda fakultet dekani A.Musurmanov, Psixologiya markazi direktori S.Sharapova, universitet psixologi M.Karimova, Olima ayollar uyushmasi raisi I.Saymuratova hamda Tabiiy fanlar fakultetining xotin-qizlar jamoasi a’zolari — professor-o‘qituvchilar ishtirok etdilar.
Majlisda universitetda xotin-qizlarning faolligi va mas’uliyatini oshirish, talaba-qizlarning ta’lim olishi va ijtimoiy hayotdagi ishtirokini qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, talaba-qizlar bilan ishlashda fakultetlar, psixologlar va tegishli jamoat tashkilotlari o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish, ularning murojaat va takliflariga e’tibor qaratish muhimligi ta’kidlandi. Bunday uchrashuvlar xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, talaba-qizlar uchun sog‘lom va samimiy muhit yaratishga xizmat qiladi.




Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring

.gif)


O'zbekcha
Русский
English
中文


