Muzeyga tashrif
Yoshlar masalalari bo’yicha respublika idoralararo kengashining 2018 yil 22 yanvardagi “O’zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi yig’ilish bayoni bilan tasdiqlangan dasturning 28-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida talaba-yoshlarni boy madaniyatimiz va tarixiy merosimiz bilan yaqindan tanishtirish maqsadida “Muzeylarga tashrif” aktsiyasi doirasida 2018 yil 24 aprel kuni Guliston davlat universiteti Tabiiy fanlar va Jismoniy madaniyat fakultetlari professor-o’qituvchilari hamda talabalarining Sirdaryo viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyiga tashriflari uyushtirildi.
Tashrif davomida talabalar Sirdaryo viloyatining o’tmishi, tarixi, tashkil topilishiga oid xujjatlar, viloyat hududidagi areologik qazishmalar vaqtida topilgan tarixiy eksponatlar, hayvonot olami bilan yaqindan tanishdilar.
Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring
