RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI
Guliston Davlat Universiteti
Telefon (0367) 225-40-42
Faks (0367) 225-42-75
Bizning shior: Universitet obro'si har bir professor o'qituvchi, xodim va talabaning or-nomusi, iftixori va vijdon ishidir.           Asosiy maqsadimiz: Eng yetuk universitetlar qatoridan joy olish!           Ilm bir shu'la, dilga tushgan on Shunda bilursankim, ilm bepoyon...

14465

Jami talabalar soni

6932

Kunduzgi ta'lim

7202

Sirtqi ta'lim

20

Kechki ta'lim

285

Magistratura

26

Xorijiy talabalar

Guliston Davlat Universiteti Ilmiy indeksi

RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI

INNOVATSION IQTISODIYOTGA O’TISH SHAROITIDA MILLIY IQTISODIYOTNING TARKIBIY TUZILMASINI TAKOMILLASHTIRISHNING USTUVOR YO’NALISHLARIMAVZUSIDAGI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI PRESS RELIZI

Jahon tajribasi barcha sohalarda sifatli o’sishni ta’minlovchi yangiliklarni uzluksiz tarzda amaliyotga joriy etish jamiyat va iqtisodiy rivojlanishning harakatlantiruvchi kuchiga aylanganligini ko’rsatmoqda. Bugun rivojlanishning innovatsion modellari va “aqlli” texnologiyalar amalga oshirilayotgan mamlakatlar eng muvaffaqiyatli va barqaror hisoblanadi. Bunday mamlakatlarning barqaror taraqqiyoti, ularning jahon bozorlarida raqobatbardoshligi tabiiy resurslarni eksport qilish va jismoniy mehnatdan foydalanishga emas, balki innovatsion g’oyalar va ishlanmalarga asoslanadi.

2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasida aholi farovonligini tubdan oshirish va turmush sifatini yaxshilash, jamiyat va davlatni har tomonlama hamda jadal rivojlantirish, mamlakatni modernizatsiya qilish va hayotning barcha sohalarini liberallashtirish bo’yicha aniq maqsadlar belgilab olindi. Boshqacha qilib aytganda, biz O’zbekistonni ishlab chiqarishda innovatsiya va intellektual hissaning yuqori ulushi bo’lgan barqaror bozor iqtisodiyotiga, zamonaviy va global bozorda raqobatbardosh sanoatga, shuningdek, qulay investitsiyaviy va ishchanlik muhitiga ega jadal rivojlanayotgan mamlakatga aylantirishimiz lozim. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi “O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi to’g’risida”gi va O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 29 noyabrdagi “O’zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligini tashkil etish to’g’risida”gi Farmonlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi «Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi PQ-2909-sonli, hamda “Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora – tadbirlari to’g’risida” gi 2017 yil 27 iyuldagi PQ 3151 -sonli Qarorlarida ko’zda tutilgan vazifalardan kelib chiqqan holda “Innovatsion iqtisodiyotga o’tish sharoitida milliy iqtisodiyotning tarkibiy tuzilmasini takomillashtirishning ustuvor yo’nalishlari” mavzusida ilmiy –amaliy anjuman o’tkazish dolzarb ahamiyat kasb etadi. Innovatsion iqtisodiyotga o’tish sharoitida O’zbekistonda iqtisodiy o’sish sifatining yangi tarektoriyasini shakllantirish maqsadida iqtisodiyotning tarmoq, hududiy, takror ishlab chiqarish va ijtimoiy- iqtisodiy tarkibini o’rganish asosida uning tarkibiy tuzilmasining nazariy –uslubiy asoslarini takomillashtirish bo’yicha ilmiy –nazariy tavsiyalar va amaliy takliflar ishlab chiqish anjumanning asosiy maqsadi bo’lib hisoblanadi.

Anjumanga Iqtisodiyot va Innovatsion rivojlanish vazirliklarining hududiy bo’linmalari mutaxassislari, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi vakillari, mamlakatimiz OO’Yularida mazkur sohada ilmiy izlanishlar olib borayotgan olimlar va professor-o’qituvchilar tashrif buyurishgan.

Anjuman kunlarida universitetda Sirdaryo viloyatida faoliyat ko’rsatayotgan korxona va tashkilotlarning innovatsion mahsulotlari ko’rgazmasi tashkil etiladi. Ko’rgazmadan Guliston davlat universiteti professor –o’qituvchilari va talabalari tomonidan yaratilgan innovatsion ishlanma va ixtirolarga ham keng o’rin beriladi.

Ilmiy –amaliy anjumanda quyidagi sho’’balar faoliyat ko’rsatadi:

1-     sho’’ba: Innovatsion iqtisodiyotga o’tish sharoitida milliy iqtisodiyotdagi tarkibiy o’zgarishlar tahlili va uning iqtisodiy o’sish sifatiga ta’siri.

2-     sho’’ba: Innovatsion iqtisodiyotga o’tish sharoitida milliy iqtisodiyotning tarmoq, hududiy va ijtimoiy-iqtisodiy tarkibi rivojlanishi tendentsiyalari va ustuvor yo’nalishlari.

3-     sho’’ba: Tarkibiy islohotlar milliy iqtisodiyotdagi makroiqtisodiy nomutanosiblikni bartaraf etish va unda samarali tarkibiy tuzilmani shakllantirish asosi sifatida.

4-     sho’’ba: Tarkibiy tuzilmada innovatsion mahsulotlar ulushini oshirish. Innovatsion iqtisodiyotni shakllantirishda oliy ta’lim tizimini isloh qilish, ta’lim sifati va samaradorligini oshirishning dolzarb masalalari.

5-     sho’’ba: Samarali takror ishlab chiqarish tuzilmasini shakllantirish va barqaror iqtisodiy o’sish sifatini ta’minlash maqsadida milliy iqtisodiyotning tarkibiy tuzilmasini takomillashtirishning ustuvor yo’nalishlari.

Anjuman doirasida faoliyat ko’rsatuvchi sho’’balarda 300 dan ortiq ma’ruzalar eshitiladi va muhokama qilinadi. Anjuman yakunida mamlakatimizda innovatsion iqtisodiy o’sishni sifat jihatdan yangi bosqichga ko’tarish, milliy iqtisodiyot tarmoq tuzilmasini raqobatbardoshlik nuqtai nazaridan yanada takomillashtirish bo’yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqiladi. Anjuman materiallari to’plam holida nashr qilingan.

 

Tashkiliy qo’mita manzili: 120100. Guliston shahar, 4-mavze, Guliston davlat universiteti, Ijtimoiy-iqtisodiy fakulteti binosi, 3-qavat, 315, 316-xonalar. Telefon: (0367) 225-48-61; Faks: (0367)225-40-42;Q998994708525 E-mail: akash7509@rambler.ru

Guliston Davlat Universiteti

12099 | 2018-05-03 14:27

QABUL-2024 o'qishni ko'chirsh

QABUL-2024

Xorijiy fuqarolarni qabul qilish 2024

Abituriyentning ijodiy (kasbiy) imtihon axborot varaqasi
Xorijda o'qiydigan talabalarning o'qishni ko'chirish axborot varaqasi Xorijda o'qiydigan talabalarning o'qishni ko'chirish axborot varaqasi

2024-2025 o'quv yilida o'tkaziladigan ijodiy (kasbiy) imtihon manzillari geolakatsiyasi

Foydali manbalar

Bizning hamkorlar

Talabalar uchun foydali havolalar

Magistratura uchun Qabul

Oliy ta'lim muassasalarining magistratura bosqichiga kirish uchun onlayn ariza topshirish tizimi

Kirish

"Talabalarga shartnoma asosida ko'rsatilgan xizmatlarni hisobga olish uchun billing tizimi"

Talabalarga shartnoma asosida ko?rsatiladigan xizmatlar hisobini yuritish axborot tizimi

Kirish

PHD.MININNOVATION.UZ

Oliy ta?limdan keyingi ta?limni muvofiqlashtirishning yagona elektron tizimi

Kirish

Shartnoma olish

Ikkinchi mutaxassislikka shartnoma olish

Kirish

Talabalar turar joyiga joylashish uchun ariza yuborish

Talabalar turar joyiga joylashish uchun ariza yuborish (1-kurs talabalari uchun)

Kirish

Interaktiv davlat xizmatlari talabalar uchun

Interaktiv xizmatlar ro'yxati

Kirish

Abiturient uchun foydali havolalar

IT park

IT Park O'zbekiston IT sohasining lokomativi

Kirish

Guliston davlat universiteti rektoriga murojaat

Murojaat yuborish

Kirish

IT Kasblar

Kelajak kasblarini egallang!

Kirish

Imtiyozlar

Oliy ta'lim muassasalari bakalavriat ta'lim yo'nalishlarga kirish uchun berilgan imtiyozlar ro'yxati

Kirish

Fanlar majmuasi

Bakalavriat ta'lim yo'nalishlariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi

Kirish

news