14465
Jami talabalar soni
6932
Kunduzgi ta'lim
7202
Sirtqi ta'lim
20
Kechki ta'lim
285
Magistratura
26
Xorijiy talabalar
O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 7 apreldagi 301-sonli “2018 yilda oliy ta’lim muassasalari talabalari respublika fan olimpiadasini tashkil qilish va o’tkazish to’g’risida” gi buyrug’iga asosan Guliston davlat universitetida 2018 yilning 14-15 may kunlari Rus tili (umumkasbiy) talabalar respublika fan olimpiadasining II bosqichi o’tkazildi.
Universitetda o’tkazilgan Rus tili (umumkasbiy) talabalar respublika fan olimpiadasi II bosqichida 47 ta Oliy ta’lim muassasalaridan talabalar va ularning ilmiy rahbarlari ishtirok etdilar.
Hakamlar hay’atining xulosasiga ko’ra Rus tili (umumkasbiy) talabalar respublika fan olimpiadasi II bosqichi 1-4 tur yakuni bo’yicha:
1-o’rin 4 tur bo’yicha jami 351 ball to’plagan Guliston davlat universiteti talabasi Shamsiev Sardor Tohirovichga;
2- o’rin - 4 tur bo’yicha jami 342 ball to’plagan O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti talabasi Seit-Asan Feride Ernestovnaga;
3-o’rin - 4 tur bo’yicha jami 328 ball to’plagan Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti talabasi Husniddinova Diloromxon Muxiddin qiziga berildi.
Har bir tur yakuni bo’yicha eng yaxshi natijalarga erishgan quyidagi talabalar tegishli nominatsiyalar g’olibi deb topildi:
Yozma ish topshiriqlarini bajarishda eng yuqori natijaga erishgan Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti talabasi Jahongirova Janona Jahongir qiziga “Eng yaxshi nazariyotchi”
Test savollari topshiriqlarini bajarishda eng yuqori ko’rsatgichga erishgan Nizomin nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti talabasi Kulumbetxojaeva Zilola Axmed qizi “Test g’olibi”;
Monolog topshirig’i bo’yicha eng yuqori ball to’plagan Andijon davlat tibbiyot instituti talabasi Qoraboeva Madina Baxtiyarovna “Ravon nutq sohibi”;
Audirovanie topshirig’ini bajarishda eng ko’p ball olishga erishgan Chirchiq oliy tank qo’mondonlik muhandislik bilim yurti talabasi Husanov Hasanboy Fazliddinovich “Audirovanie” nominatsiyalari bo’yicha g’olib deb tan olindi.
Rus tili (umumkasbiy) talabalar respublika fan olimpiadasi II bosqich natijalari bo’yicha 1, 2- va 3- o’rinni egallagan, tegishli nominatsiyalar bo’yicha g’oliblikni qo’lga kiritgan talabalar Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan ajratilgan faxriy yorliqlar va qimmatbaho sovg’alar bilan taqdirlandi.
Oliy ta'lim muassasalarining magistratura bosqichiga kirish uchun onlayn ariza topshirish tizimi
KirishTalabalarga shartnoma asosida ko?rsatiladigan xizmatlar hisobini yuritish axborot tizimi
KirishOliy ta?limdan keyingi ta?limni muvofiqlashtirishning yagona elektron tizimi
KirishIkkinchi mutaxassislikka shartnoma olish
KirishTalabalar turar joyiga joylashish uchun ariza yuborish (1-kurs talabalari uchun)
KirishInteraktiv xizmatlar ro'yxati
KirishIT Park O'zbekiston IT sohasining lokomativi
KirishMurojaat yuborish
KirishKelajak kasblarini egallang!
KirishOliy ta'lim muassasalari bakalavriat ta'lim yo'nalishlarga kirish uchun berilgan imtiyozlar ro'yxati
KirishBakalavriat ta'lim yo'nalishlariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi
Kirish