Biz diniy ekstremizm va terrorizmga qarshimiz
2018 yil 1 iyun kuni universitetda Sirdaryo viloyati huquq-tartibod idoralari xodimlari bilan universitet professor-o’qituvchilari va talabalari ishtirokida “Biz diniy ekstremizm va terrorizmga qarshimiz” mavzusidayig’ilish o’tkazildi
Yig’ilish boshida “Tafakkur ehtiyoji” nomli film namoyish etildi.
Yig’ilishda so’zga chiqqan ma’ruzachilar ayrim fuqarolarimiz, ayniqsa, yoshlarimizning bilib-bilmay diniy ekstremistik va terroristik oqimlar tuzog’iga tushib qolayotgani, ular o’z ota-onasiga, oilasiga, farzandlariga, qorindosh-urug’lariga, Vataniga qarshi qurol ko’tarib, oxir-oqibat vatangado bo’lib qolayotgani, qolaversa xor bo’lib o’lib ketayotgani haqida gapirib o’tdi. Biz barchami bugungi O’zbekistonda bo’layotgan tinchlik va farovonlik, osuda hayot, farzandlarimizning baxtli yashayotganiga shukurona keltirishimiz, yurtimizdagi iqtisodiy o’zgarishlar, xalq uchun yaratilayotgan sharoit va imkoniyatlardan to’g’ri foydalanishimiz, yoshlarimiz faqat bilim olib o’z kasblarini puxta egallashlari lozim ekanligini ta’kidlab o’tdi.
Yig’ilishda Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha prorektor R.Mahmudov, Guliston shahar IIB boshlig’i o’rinbosari, M.Rasulov, Sirdaryo viloyati IIB terrorizmga qarshi kurash boshqarmasi vakili, katta leytenant Sh.Azizxonov, Sirdaryo viloyati hokimligi jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar kotibiyati mutaxassisi S.Bobojonov, Guliston shahar IIB XPB TP profilaktika inspektori A.Usmonov, Yoshlar ittifoqi Sirdaryo viloyati Kengashi huquqshunosi Sh.Xudoyorov, professor-o’qituvchilar va 532 nafar talabalar ishtirok etdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring
